Assalomu alaykum. Sizlarni "BODO" kompaniyasining sifatli, hamyonbop va ko'pchilikning ko'nglidan joy olib ulgurgan mahsulotlari sotiladigan virtual olami - internet saytida g'oyibona ko'rishlikdan bag'oyatda xursandmiz. Siz Azizlar uchun tayyorlangan bu olamga hush kelibsizlar.
Hoshimov Abrorjon biznes olamidagi ilk qadamlarini 2003 yilda, Respublikamizga velosiped extiyot qismlarini olib kelishlik bilan qo'ygan. Qo'qon shahri va atrof tumanlarning bunday ehtiyot qismlariga bo'lgan talabi katta qismda qondirilishiga aynan Hoshimov Abrorjon sababchi bo'lgan. 2006 yilda velosipedlar rama qismini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan Hoshimov Abrorjon Respublika iqtisodiga chet eldan olib kelib sotish bilan emas, balki ishlab chiqarish yo'li bilan salmoqli hissa qo'shish mumkinligini amalda ko'rdi. Bu esa o'z navbatida oldinga yurishga, yana yangi marralarni zabt etishga undadi.

Biznesning bu yo'nalishni zabt etgan tadbirkor yuqori maqsadlarni ko'zlagan holda keyingi bosqich - velosiped yig'ish bosqichiga o'tadi. 2010 yil zavod yoki fabrikada emas, balki o'z xonadonida, kichik bir sex tashkil qilgan holda. Albatta-da qiyinchiliksiz hech bir natijaga erishib bo'lmaydi. Bu esa katta biznesning debochasi edi. Oradan bir yil o'tib, 15 kishilik jamoadan tashkil tashkil topgan Velozavod o’z ish faoliyatini boshladi. Yangi ish o’rinlari yaratish, xalqimizga imkoni boricha arzonroq va sifatliroq maxsulotlarni yetkazib berishni o’z oldiga maqsad qilgan aka uka Hoshimovlar yillar davomida o’z maqsadlariga erishib kelishmoqda. Tabiiyki haridorlar orasida o’z o’rniga ega bo’lgan mahsulotlar Respublika sanoat sohasiga o’z hissasini qo’shishda davom etar edi.

Dunyo sanoat sohasida elektron tovarlar ishlab chiqarish jadal ravishda rivojlanib borayotgan bir paytda Hoshimovlar ham bir chekkada qolib ketishmadi. 2017 yil Respublikada birinchilardan bo’lib Xitoy xalq Respublikasi bilan hamkorlikda "BODO" brendi ostida elektrskuter, elektron velosipedlar, trisikl va motorollerlar yig’ish yo’lga qo’yildi. Bugungi kunga kelib oz emas ko’p emas 200 nafar ishchi va hodimlar elim deb yurtim deb javlon urishmoqda. Respublika bo’yicha 10 dan ortiq viloyat va shaharlarda do’kon va savdo nuqtalari bilan birgalikda bir nechta ishlab chiqarish zavodlari ham bu ezgu niyyatlarga yo’rg’ilgan proyekt rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Abrorjon va Zurriyodjon Hoshimovlar tomonidan asos solingan bu biznes o’z yo’nalishida mamlakatning eng peshqadamlaridan biri hisoblanadi.

Kompaniyaning maqsad va vazifalari:
Bizning ustuvor maqsad va vazifalarimiz eng avvalo xalqimizga sifatli va hamyonbop mahsulotlarni yetkazib berishdir. Xaridorlarimiz bizning mahsulotlarni xarid qilar ekanlar ularda sifat va narx haqida hech qanday savollarga o‘rin qoldirmaslikka harakat qilamiz va bunga erishamiz.
Skutermi? Unda faqat “BODO” degan tushunchani balandparvoz gaplarga emas, balki haqiqatga aylanishini ta’minlash – mana shu bizning maqsadimiz.
O‘zbek xalqining qaysi mahsulotni tanlashdagi qiyinchilik va tumanli o‘y-xayollarini yo‘qqa chiqarish – mana shu bizning maqsadimiz.
Halol mehnat bilan kun ko‘radigan Siz aziz xalqimizga sidqidildan xizmat ko‘rsatish - mana shu bizning maqsadimiz.
Sizga qulayroq va osonroq bo‘lishi uchun Respublikamizning qolgan yerlarida xam o‘z savdo nuqtalarimizni ochish - mana shu bizning maqsadimiz.
Muhtaram yurtboshimiz ko‘p bora taʼkidlab o‘tganlaridek xalqimizni rozi qilish - mana shu bizning maqsadimiz.
Mamlakat sanoatiga oz bo‘lsa-da o‘z hissamizni qo‘shish - mana shu bizning maqsadimiz.
Mijozlarimiz eʼtiborini qozonish yo‘lida bir xillikdan qochish - mana shu bizning maqsadimiz.
Sizlar uchun yaratilgan ushbu internet-saytimizga o‘zingiz uchun yoqqan mahsulotni tanlang va oson xarid qiling. Xaridingiz qulay bo‘lishi uchun Payme va Click to‘lov tizimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Xar qanday javobi topilmagan savollaringiz bo‘lsa maxamat qilib biriktirilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling. Biz sizning savollaringizga mamnuniyat ila javob beramiz.