Foydalanish shartlari.
Iltimos, bodo.uz internet-do‘koni xizmatlaridan foydalanishni boshlashdan oldin Foydalanuvchi bitimi qoidalari bilan yaxshilab tanishib chiqing.
Mazkur Bitim Xaridorlarning www.bodo.uz sayti materiallari va servislaridan foydalanishlari shartlarini belgilaydi.
1. Atamalar va tushunchalar.
1.1. Sotuvchi — bodo.uz internet-do‘koni.
1.2. Xaridor — www.bodo.uz saytida joylashtirilgan tovarlarni xarid qilish uchun sayt yoxud telefon orqali buyurtma joylashtirgan hamda mazkur Foydalanuvchi bitimi shartlarini so‘zsiz qabul qilgan jismoniy shaxs.
1.3. Tovar – tomonlar kelishuvi ob’ekti – www.bodo.uz saytida joylashtirilgan tovarlar.
2. Umumiy qoidalar.
2.1. Mazkur Foydalanuvchi bitimi (matnda keyingi o‘rinlarda – Shartnoma) tovarlar va xizmatlarning Sotuvchi tomonidan Xaridorga taqdim etilish tartibi va shartlarini belgilaydi.
2.2. Sotuvchi mazkur Qoidalarga bir tomonlama asosda o‘zgarishlar kiritishga haqli.
2.3. Internet-do‘konning bodo.uz saytida taqdim etilgan barcha foto, video va matnli materiallar faqat tanishtiruvchi xarakterga ega bo‘lib, texnik holatlarga ko‘ra, Tovarning rangi, shakli, o‘lchami, jamlanma tarkibi va hokazo xususiyatlari to‘g‘risidagi ishonchli axborotni to‘laqonli bera olmaydi. Xaridorda Tovarning xususiyatlariga doir savollar tug‘ilsa, u 94-559-79-00 raqami orqali internet-do‘kon maslahatchisiga murojaat etishi lozim.
3. Shartnoma predmeti va Tovar narxi.
3.1. Tovarlarni mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan shartlar asosida Sotuvchi taqdim etadi, Xaridor esa qabul qiladi va haqini to‘laydi. Buyurtma qilingan Tovar Xaridorga amalda topshirilgan hamda Xaridor tomonidan uning to‘liq narxi to‘langan vaqtdan boshlab, mazkur Tovarga nisbatan mulk huquqi Xaridorga o‘tadi. Tovarning tasodifiy yo‘qotilishi yoki shikastlanishi xatari Tovar Xaridorga amalda topshirilgan vaqtdan boshlab Xaridorga o‘tadi.
3.2. Tovar narxi bir tomonlama va tortishuvsiz asosda Sotuvchi tomonidan belgilanadi hamda bodo.uz internet-do‘koni sahifalarida, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda ko‘rsatiladi.
3.3. Muayyan tovarga shartnoma tuzish taklifi bodo.uz internet-do‘koni saytida grafik surat ko‘rinishida taqdim etilgan ushbu tovar mavjud bo‘lgan butun muddat davomida amal qiladi.
3.4. Barcha narxlar QQS bilan ko'rsatilgan.
4. Shaxsiy ma’lumotlar.
4.1. Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini, elektron hujjatlarini hamda xabarlarini ko‘rib chiqadi va qonunchilikka muvofiq ularning maxfiyligini ta’minlaydi. Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlaridan Shartnomani bajarish maqsadlarida foydalanadi va ularni uchinchi shaxslarga bermaydi. Sotuvchi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlardan Xaridorning roziligisiz Ofertani va (yoki) reklamani, shu jumladan elektron hujjatlarni yoxud elektron xabarlarni ommaviy tarqatma usulida tarqatish uchun foydalanmaydi.
5. Tomonlarning majburiyatlari.
5.1. Sotuvchining majburiyatlari:
5.1.1. Xaridorga Tovar haqida kerakli va to‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish.
5.2. Xaridorning majburiyatlari:
5.2.1. Ushbu Shartnoma shartlarini bajarish;
5.2.2. Tanlangan Buyurtmani rasmiylashtirishning (narx, tanlangan Tovar, Tovar miqdori va h.k.) to‘g‘riligini uning haqini to‘lashdan oldin puxta tekshirish;
6. Tomonlarning huquqlari.
6.1. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:
6.1.1. jiddiy nuqsonlar, xatoliklar va uzilishlar aniqlansa, shuningdek, profilaktika ishlarini o‘tkazish hamda Internet-do‘kon tizimiga noqonuniy buzib kirish holatlarining oldini olish maqsadlarida Internet-do‘kon faoliyatini to‘xtatib turish;
6.1.2. ushbu Qoidalarni, Tovarlar narxlarini va xizmatlarga tariflarni, to‘lov hamda yetkazib berish usullari va muddatlarini bir tomonlama asosda o‘zgartirish. Barcha o‘zgarishlar Internet-do‘konda e’lon qilinishi bilan darhol kuchga kiradi va shu tarzda nashr etilgan vaqtdan boshlab Xaridorga ma’lum qilingan hisoblanadi;
6.1.3. Xaridor bilan bo‘ladigan telefon suhbatlarini yozib olish.
6.2. Xaridor quyidagi huquqlarga ega:
6.2.1. Maslahat uchun Internet-do‘konga murojaat etish.
7. Tomonlarning javobgarliklari.
7.1. Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirishda taqdim etilgan ma’lumotning mazmuni va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi. Xaridor tomonidan mazkur Shartnomaga ko‘ra o‘z majburiyatlarining umuman yoki kerakli tarzda bajarilmasligi holatida, Xaridor O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga ko‘ra javobgar bo‘ladi.
7.2. Sotuvchi quyidagilar uchun javobgar emas:
7.2.1. Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotdagi ma’lumotlarning mazmuni va to‘g‘riligi;
7.2.2. Sotuvchida vaqtincha Internet-do‘konga kirish imkonining yo‘qligi, shuningdek, bu bilan bog‘liq har qanday oqibatlar;
7.2.3. Sotuvchiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuzaga kelgan fors-major holatlari;
7.2.4. Xaridorning harakatlari tufayli uchinchi shaxslarga tasodifan yoki ataylab yetkazilgan har qanday zararlar, shu jumladan har qanday daromad yoki mablag‘larning yo‘qotilishi;
7.2.5. Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘llagan holda amalga oshirilgan har qanday ehtimoliy xatti-harakatlar, shu jumladan, bunday ma’lumotlar Xaridorning o‘zi tomonidan oshkor etilgan holatlarda ham.
7.3. Quyidagilar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan Xaridorning zararlari yoki foydalana olmagan daromadlari uchun Sotuvchi javob bermaydi:
7.3.1. Internet-do‘kondan foydalanish, shu jumladan Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida taqdim etiluvchi rekvizitlarning noto‘g‘ri to‘ldirilishi;
7.3.2. Internet-do‘konga kirish uchun Xaridor tomonidan ishlatilayotgan qurilmalarda va dasturiy ta’minotda «viruslar» hamda boshqa ziyonkor dasturlar mavjudligi;
7.3.3. uchinchi shaxslarning, shu jumladan Xaridor identifikatsion ma’lumotlari qo‘llanishi bilan bog‘liq g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari.
8. Shartnomani tuzish tartibi.
8.1. Sotuvchi va Xaridor o‘rtasida Tovarni oldi-sotdi Shartnomasi ofertani yo‘llagan Xaridor Yetkazib beruvchining akseptini olgan vaqtda, mazkur Bitim shartlari asosida tuziladi.
8.2. Tovarni sotib olishni istagan Xaridor Internet-do‘konga qo‘ng‘iroq qiladi va Buyurtma rasmiylashtiradi. Buyurtmani rasmiylashtirish paytida Xaridor maslahatchiga quyidagilarni aytishi lozim:
· sotib olinadigan tovarning markasi va modeli;
· tovar miqdori;
· o‘zining kontakt ma’lumotlari;
· to‘lov shakli: naqd, terminal, korporativ karta,;
· tovarni yetkazish manzili va vaqti.
8.3. Buyurtmaning o‘zi Xaridorning Sotuvchiga yo‘llangan ofertasi hisoblanadi. Buyurtmaning rasmiylashtirilishi Tovarning ko‘rsatilgan narxini to‘lashga Xaridorning roziligini anglatadi.
9. Buyurtmani bekor qilish. Tovarni almashtirish va qaytarish.
9.1. Buyurtmani bekor qilish. Xaridorga Tovarning chiqarib yuborilishini tasdiqlash haqidagi Xabar yo‘llanmasidan oldin Xaridor Buyurtmadan butunlay yoki qisman voz kechishga haqli. Buyurtmani bekor qilish uchun Xaridor Sotuvchi bilan bog‘lanishi va Buyurtmadan voz kechmoqchi ekanligini ma’lum qilishi lozim.
9.2. Zarur sifatga ega bo‘lgan Tovarni almashtirish. Qonunchilikka binoan, Xaridor o‘zi sotib olgan, oziq-ovqat mahsuloti bo‘lmagan, zarur sifatga ega bo‘lgan Tovarni o‘ziga topshirilgan boshlab 10 (o‘n) kun mobaynida pulni qaytarib olmasdan va yangi Buyurtma rasmiylashtirmasdan, xuddi shunday Tovarga almashtirib olishi mumkin. Tovarni almashtirib olish yoki qaytarish haqidagi Xaridorning talabi quyidagi hollarda qondiriladi: Tovar ishlatilmagan va uning tovarga xos ko‘rinishi, iste’mol xususiyatlari, plombalari, yorliqlari saqlangan bo‘lsa, shuningdek, uni Sotuvchidan xarid qilganining isboti mavjud bo‘lsa. Qonunchilikka binoan qaytarish va xuddi shunday Tovarga almashtirish mumkin bo‘lmagan, oziq-ovqat mahsuloti bo‘lmagan, zarur sifatga ega bo‘lgan Tovarlar bundan mustasno. Zarur sifatga ega bo‘lgan Tovarni almashtirish uchun, Xaridor Kompaniya bilan bog‘lanishi va almashtirmoqchi ekanligini ma’lum qilishi lozim. Yetkazib beruvchida almashtirib berish uchun kerakli Tovar mavjud bo‘lmasa, Xaridor sotib olingan Tovarni Sotuvchiga qaytarishga va uning uchun to‘lagan pul miqdorini qaytarib olishga haqli.
9.3. Zarur sifatga ega bo‘lmagan Tovar. Agarda zarur sifatga ega bo‘lmagan Tovar bo‘lsa, u holda Xaridor o‘z ixtiyoriga ko‘ra Yetkazib beruvchiga muqarrar talablarni (masalan, Tovarni almashtirib berish, uning nuqsonlarini bartaraf etish) qo‘yishga yoki sotib olingan Tovardan voz kechishga va Tovar uchun to‘langan pul mablag‘ini qaytarib berishni qonunchilikka muvofiq talab qilishga haqli. Talab qo‘yish yoki Tovardan voz kechish uchun, Xaridor Sotuvchi bilan bog‘lanishi va maqsadini aytishi lozim.
9.4. Pullarni qaytarish. Pullarni qaytarish usuli Tomonlar orasida kelishib amalga oshiriladi.
9.5. Tovarni qaytarish xarajatlari. Zarur sifatga ega bo‘lgan Tovarni qaytarishda xarajatlar Xaridor tomonidan qoplanadi. Zarur sifatga ega bo‘lmagan Tovarni qaytarishda esa xarajatlar Yetkazib beruvchi tomonidan qoplanadi.
10. E’tirozlarni taqdim etish.
10.1. Xaridor Buyurtmani ko‘zdan kechirib olganidan va Buyurtmani olganligi haqidagi hujjatlarni imzolaganidan so‘ng, Sotuvchi tomonidan e’tirozlar qabul qilinmaydi, Tovarning kamchiliklari bilan bog‘liq e’tirozlar bundan mustasno.
10.2. Xaridor Sotuvchiga o‘z talablarini da’vo qilish tartibida taqdim etishga haqli.
10.3. Ko‘rsatilgan muddat ichida Tovarda kamchiliklar sababli da’vo qilingan holatlarda, Sotuvchi Tovarni ekspertizadan o‘tkazishi mumkin. Agarda Sotuvchi hisobidan o‘tkaziladigan ekspertizada, mazkur kamchiliklar Sotuvchi mas’ul bo‘lmagan holatlar oqibatida yuzaga kelganligi aniqlanadigan bo‘lsa, Xaridor bu ekspertiza xarajatlarini Sotuvchiga to‘lab berishi kerak bo‘ladi.
10.4. Tovarda biror defekt yoki shikast aniqlansa, zarur darajada bo‘lmagan sifat uchun Yetkazib beruvchi javobgar bo‘ladi, Xaridorning aybi bilan va Tovarning Sotuvchi tomonidan tashilishida defektlar yuzaga kelgan holatlar bundan mustasno.
11. Tomonlarning javobgarliklari.
11.1. Tomonlar mazkur Shartnoma shartlarini umuman yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
12. Fors-major.
12.1. Tomonlardan istalgan biri ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar ushbu bajarmaslik mazkur Shartnoma imzolanganidan keyin yuzaga kelgan, Tomonlardan hech biri avvaldan ko‘rishga va o‘zidagi vositalar bilan oldini olishga qodir bo‘lmagan, yengib bo‘lmas holatlar sababli yuzaga kelgan bo‘lsa. Bunday favqulodda hodisalar va holatlar, xususan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ish tashlashlar, toshqinlar, yong‘inlar, zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, harbiy harakatlar, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar davlat organlarining harakatlari, shuningdek, Tomonlardan istalgan birining oqilona nazorati doirasidan chiquvchi istalgan boshqa holatlar. Amaldagi qonunchilikning yoki tomonlardan istalgan biriga bevosita yoxud bilvosita ta’sir etuvchi me’yoriy aktlarning o‘zgarishi yengib bo‘lmas holatlar sifatida ko‘rilmaydi, ammo, bunday o‘zgarishlarning kiritilishi Tomonlardan istalgan birining mazkur Shartnoma bo‘yicha biror majburiyatini bajarishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lsa, Tomonlarning mazkur Shartnomani bajarishda davom etishlarini ta’minlash maqsadida Tomonlar zudlik bilan mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha ish tartibi borasida qaror qabul qilishlari lozim.
13. Qoidalarni o‘zgartirish tartibi.
13.1. Sotuvchi bodo.uz saytida e’lon qilish yo‘li bilan istalgan vaqtda mazkur Qoidalarga bir tomonlama tartibda o‘zgarishlar (qo‘shimchalar) kiritishi mumkin.
14. Nizolarning hal etilishi.
14.1. Ofertaning bajarilishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan barcha nizolar va ziddiyatlar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
14.2. Tovarning/Buyurtmaning sifati va yetkazib berilishiga aloqador nizolar Sotuvchi tomonidan o‘rnatilgan yo‘l bilan hal etiladi.
14.3. Nizolarni muzokaralar yo‘li bilan tartibga solish imkonsiz bo‘lgan holatlarda,Sotuvchi joylashgan joydagi sudda hal etiladi.
15. Qo‘llaniluvchi huquqiy me’yorlar.
15.1. Mazkur Bitim bilan tartibga solinmaydigan savollar yuzaga kelgan hollarda, Tomonlar ularni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tayanishadi.
15.2. Mazkur Bitimning biror qoidasi qonunchilikka zid bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi me’yorlari qo‘llanadi. Alohida qoidalarning amal qilmasligi yaxlit Bitimning amal qilmasligiga sabab bo‘lmaydi.
Xaridor, mazkur Bitim shartlariga o‘zining roziligini tasdiqlar ekan, bu bilan uning barcha bandlari bilan tanishib chiqqanligini va butkul roziligini tasdiqlaydi.