Bodo "M 22" elektr skuteri - erkaklar, ayollar va 16 yoshdan katta o'smirlar uchun birday foydalanish mumkin bo'lgan transport vositasidir. U bir yoki ikki kishini avtomobil yo'llari bo'ylab harakatlantirish va ro'zg'or uchun zaruriy, kundalik yuklarni tashish uchun mo'ljallangan. Bodo M 22 elektr skuteri O'zbekiston yo'l harakati qoidalariga muvofiq ro'yxatdan o'tishni va boshqaruv huquqlari beruvchi hujjatlarni talab qilmaydi.
BODO "M 22" nafis dizayn sohibidir. U o'tgan asrning 50-60 - yillarida zamonaviy notalar bilan italiyan skuterlari uslubida yaratilgan. Siz uchun barcha komponentlar shakli va rangi bo'yicha sinchkovlik bilan tanlangan va zamonaviy elektr skuter tasviri yaratilishiga erishilgan. Keng o'rindiqga balandligi 150 dan 185 sm gacha bo'lgan haydovchi qulay joylashadi va agar kerak bo'lsa, yo'lovchi ham joylashishi mumkin.
Taklif etilayotgan model oddiy, ishonchli va samarali dvigatel bilan jihozlangan. Bu tez qo’zg’alish, maksimal tezlikni (40 km/soat) va tik qoyalarga ko'tarilishni ta'minlaydi. Elektr skuter 3 bosqichli tezlikka ega. Qo'rg'oshin kislotali akkumulyator batareyasi 60 km masofani bosib o'tishga imkon beradi.
BODO "M 22" an'anaviy to’xtatish tizimi (Amortizator) ga ega: teleskopik osma vilka – old tomonda, ikkita amortizatorli mayatnik – orqada joylashgan.Shuningdek bu “toychoq” skuterlar orasida eng keng tarqalgan 10 dyumli g'ildiraklar bilan jixozlangan. Yorqin faralar, LED yoritgichlar, burilish ko'rsatkichlari, tormoz farasi, elektr signal signallari kunning istalgan vaqtida yo'llarda xavfsiz harakatlanish imkonini beradi va boshqaruv pultli signalizatsiya uning xavfsizligini ta'minlaydi.
O'rindiq ostida mo’jazgina, qulflananadigan bo'linma mavjud. O'rindiq yo'lovchiga qulaylik yaratish maqsadida yumshoq bel tirgagich bilan jihozlangan. Kichikroq maxsulot yoki yuklarni oyoq tagiga qo’yib olish mumkin.
Elektr skuter har bir 100 km masofa uchun atiga 1,7 dan 2,5 kVt/soatgacha elektr energiyasi sarflaydi. U hech qanday qo’shimcha xarajatli materiallar, ya’ni, yog'lar, filtrlar va boshqalarni talab qilmaydi. Qo'rg'oshin kislotali batareyalar odatda 3 yilgacha xizmat qiladi.
Signalizatsiya
Dizayn
Tezlik
Cyber Assassin
| Skuter turi | Skuter |
|---|---|
| Yetkazib berish ( Shahar bo'yicha) | Yetkazib beramiz |
| Dvigatel quvvati | 650 Vt |
| Maksimal tezlik | 40 k/s |
| Yurish masofasi | 50 km |
| Akkumulyator | Gelli akkumulyator |
| Batareya hajmi | 60 V 20 Ah |
| Yechiladigan batareya | Ha |
| To'liq quvvatlash vaqti | 6-12 s |
| Og'irligi | 60 kg |
| Bort kompyuter | Bort kompyuteri LED, tezlik o'lchagich, batareya quvvati zaxirasi o'lchagich, kilometr ko'rsatkichi. |
| To'xtatish tizimi | Old amortizatorlar, orqa amortizatorlar |
| Yoritish tizimi | Old fara, tormoz nuri va old + orqa burilish signali |
| O'rindiqlar soni | 2 |
| G'ildiraklar soni | 2 |
| G'ildiraklarning o'lchami (diametri) | 300-10 |
| Yukxona, savat | O'rindiq ostida |
| Kafolat muddati ( Servis xizmati ) | 90 kun |
| Ishlab chiqaruvchi | BODO |
| Davlat | O'zbekiston |
| Holati | Mavjud |